Aktsiyadorlarning Umumiy yig’ilishi jamiyatning yuqori boshqaruv organidir. Aktsiyadorlarning Umumiy yig’ilishi o’z ishini qonunchilik, jamiyat Ustavi va aktsiyadorlar Umumiy yig’ilishi to’g’risidagi nizomi asosida amalga oshiradi. Aktsiyadorlarning yillik Umumiy yig’ilishi moliya yili tugaganidan keyin olti oydan kechiktirmay o’tkaziladi. Aktsiyadorlarning yillik Umumiy yig’ilishidan tashqari o’tkaziladigan Umumiy yig’ilishlari navbatdan tashqari yig’ilishlardir. Aktsiyadorlar Umumiy yig’ilishining vakolat doirasi qonunchilik va jamiyat Ustavida belgilanadi.
Barcha huquqlar himoyalangan. 2021 y.Sayt test rejimida ishlamoqda!