2021-04-27 09:15:43 4073
ICHKI AUDIT XIZMATI
Ichki audit xizmati jamiyatning ijroiya organi, filiallari va vakolat xonalari tomonidan qonun hujjatlariga, jamiyat Ustaviga va boshqa hujjatlarga rioya etilishini, buxgalteriya hisobida va moliyaviy hisobotlarda ma’lumotlarning to’liq hamda ishonchli tarzda aks ettirilishi ta’minlanishini, xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va tartib-taomillariga rioya etilishini, aktivlarning saqlanishini, shuningdek jamiyatni boshqarish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirish hamda monitoring olib borish orqali jamiyatning ijroiya organi, filiallari va vakolatxonalari ishini nazorat qiladi hamda baholaydi.
Ichki audit xizmati o’z faoliyatini, agar qonunda o’zgacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq hamda jamiyat Ustavi va Ichki audit xizmati to’g’risidagi nizomi asosida amalga oshiradi.
Ichki audit xizmati Kuzatuv kengashi tomonidan saylanadi.
Ichki audit xizmati vakolat doirasi qonunchilik va Ichki audit xizmati to’g’risidagi nizomida belgilanadi.