Erkin bozor mexanizmini o‘rnatish bugungi kun talabi

Erkin bozor mexanizmini o‘rnatish bugungi kun talabi

Yurtimizda aholini un, non va non mahsulotlari bilan o‘z vaqtida ta’minlash, ushbu mahsulotga bo‘lgan talabning qondirilishi muhim sanaladi. Yetishtirilgan bug‘doyni davlat resurslariga qabul qilish va uni qayta ishlab aholiga yetkazishga ixtisoslashgan «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibidagi korxonalar tomonidan bu borada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ma’lumki, joriy yilning 2 oktabr sanasida O‘zbekiston fermer, dehqon va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan hukumatdan g‘allachilik fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan donni erkin narxlarda sotish tizimini yo‘lga quyish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga murojaatnoma kiritilgan.
Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2019 yil 9 oktabrida «G‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash to‘g‘risida»gi qarori chiqarilib, mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qaror qabul qilindi.
Ushbu qarorga ko’ra «O‘zdonmahsulot» AK tizimidagi va boshqa donni qayta ishlash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan un va un mahsulotlarining xech qanday cheklovlarsiz erkin bozor mexanizmlariga asoslangan holda sotilishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur qaror bozor munosabatlarini iqtisodiyotning barcha jabhalariga keng joriy etish, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati hamda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining g‘alla va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarga oshib borayotgan talablarining to‘liq qondirish imkoniyatlarini yaratadi.
Shuni ta’kidlash joizki, 2018 yilning oktabr oyidan boshlab «O‘zdonmahsulot» AK tizim korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan oliy navli un barcha iste’molchimlar uchun birja savdolari orqali hech qanday cheklovlarsiz erkin sotilmoqda.
Bundan tashqari, 2019 yil mart oyidan buyon makaron, qandolatchilik mahsulotlari hamda nonning milliy turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalarga birja savdolarida sotilmoqda 
Shu bilan birga 1-navli unning ulgurji va chakana narxlarini ma’muriy tartibda belgilash narxlarni shakllantirishning to‘laqonli bozor mexanizmlarini joriy qilish imkonini bermayapti va buning natijasida un va un mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar ishlab chiqarilgan va sotilgan har bir tonna undan salkam 900 ming so‘mdan zarar ko‘rmoqda.
Endilikda, ishlab chiqarilgan un mahsulotlarining to‘liq birja savdolari orqali sotilishi ayrim noholis, monopolist harakatlar va korrupsiya holatlarini bartaraf etishda yordam beradi. Barcha turdagi iste’molchilar o‘z moddiy imkoniyatlaridan kelib chiqib birja savdolari orqali xaridlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ushbu qaror natijasida don korxonalarining ishlab chiqarish harajatlari qoplanishi va faoliyatlarini zararsiz olib borishlariga keng imkon yaratiladi. Aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj katlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kompensatsiya to‘lovlari joriy etish qarorda ko‘rsatib o‘tilgan.
Bugungi kunda, «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tizimida 44 ta don korxonalari tasarrufida 52 ta tegirmon sexlari aholi talabini qondira oluvchi sifatli mahalliy un mahsulotini ishlab chiqarish orqali xizmat qilib kelmoqda.
Kompaniya tarkibidagi korxonalarda faoliyat yuritayotgan tegirmonlar texnologik holatidan kelib chiqib doimiy zamonaviy texnologiyalar asosida modernizatsiya qilib borilmoqda. Jumladan, joriy yilda kunlik 2,3 ming tonna un ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan 10 ta tegirmon sexlari xorijiy davlatlarning zamonaviy, energiya tejamkor texnologiyalari asosida modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Natijada ishlab chiqarilayotgan un mahsulotlarining sifati yanada yaxshilanishi, elektr energiya sarfining 25-30 foizga qisqarishiga erishiladi.
Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, 2018 yilda «O‘zdonmahsulot» AK tizimidagi korxonalar tomonidan 1470 ming tonna un ishlab chiqarilgan bo‘lib, quvvatlardan foydalanish darajasi 62 foizni tashkil etdi. Zero mazkur korxonalarning quvvatlardan foydalanish darajasini 100 foizgacha yetkazish imkoniyati mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan ushbu qaror asosida korxonalarda texnik va texnologik yangilanish jarayonlarini yanada jadallashtirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalangan holda aholiga un va un mahsulotlarini yetkazib berish hajmlarini oshirish imkoni yaratiladi.

Matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan