Welcome to Farg'ona don maxsulotlari OAJ   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Farg'ona don maxsulotlari OAJ Powered By GSpeech

 

"FARG'ONADONMAHSULOTLARI" AJ

 

phone 512    Ishonch telefoni

   (0-373) 244-80-10

 

Maqolalar sana bo'yicha

« Sentabr 2019 »
Duy Sey Chr Pay Jum Shn Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30            

«Biz faqat investitsiyalarni faol jalb qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hisobidan iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishga erishamiz. Iqtisodiyotdagi ijobiy natijalar esa ijtimoiy sohada to‘planib qolgan muammolarni tizimli hal etish imkonini yaratadi»

 

 

                                                                                                         SH.M.Mirziyoyev

 

 

orphus uz

Juma, 15 Mart 2019 17:10

EHTIROMIMIZ SIZGA, USTOZ!

Maqolani baholang
(0 ovoz)

           yoki 10 nafar farzandini o’qituvchi qilib tarbiyalagan murabbiy haqida so’z

                                 

Dedilar dunyoda asli kim aziz,

Aytdilar, ustozdir, ustoz begumon.

Tag’in aytdilarki, aziz shubhasiz,

Ustozin qadriga etolgan inson.

         O’qituvchi, ustoz... Kimga qanday bilmadimu, shu so’zlar jaranglagan zahoti ko’z o’ngimda birinchi muallimim, qo’limni ushlab yozishga o’rgatgan, ilk bora hijjalab harf tanitgan ustozim namoyon bo’ladi

         Bu yorug’ olamda har bir odam o’zining mehribon ota-onasi, ustoz va muallimlariga nisbatan hamisha minnatdorchilik tuyg’usi bilan yashaydi. Inson o’z umri davomida qanday yutuq va natijalarga erishmasin, qaerda, qanday lavozimda ishlamasin, maktab dargohida olgan ta’lim-tarbiyasi uning etuk shaxs va malakali mutaxassis bo’lib shakllanishida ulkan ahamiyatga ega ekanligini unutmaydi”. Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida ustozu murabbiylar mehnatiga ana shunday yuksak baho berilgan. Ha, dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa, kasblar orasida eng sharaflisi o’qituvchilik va murabbiylikdir. O’qituvchi nainki sinf xonasiga fayz va ziyo olib kiradigan, balki ming-minglab murg’ak qalblarga ezgulik yog’dusini baxsh etadigan, o’z o’quvchilariga haqiqatan ham hayot maktabini beradigan mo’’tabar zotdir.

– “O’qituvchi talabchan, tashabbuskor, dunyoqarashi keng, nutqi ravon, bilimli, qobiliyatli, estetik didli, ziyrak kuzatuvchi, yo’l ko’rsatuvchi yorqin yulduz bo’lishi shart!, – deydi Yozyovon tumanida istiqomat qiluvchi Ne’matjon ota Ergashev. Faxriy ustozdan shogirdlari ta’limgina emas, hayot saboqlarini ham olishdi.

Saksonni qoralab, turmush o’rtog’i Sharofat aya bilan etti qiz, uch o’g’ilni tarbiyalagan Ne’matjon otaning 10 farzandi o’qituvchilik kasbini tanlashdi. Ne baxtki, kelinlari, kuyovlari ham shu soha vakillari. Nevaralar ham muallim bobolari izidan ketishyapti.

         Farzandlar tumandagi turli maktablarda boshlang’ich ta’lim, fizika, matematika, geografiya, ona tili va boshqa fanlardan saboq berishadi. Bugun muallimning o’g’li Nosirjon Ergashev dadasi kabi 5-umumta’lim maktabida direktor, qizi Muhabbatxon Yo’ldosheva 6-umuta’lim maktabida ilmiy bo’lim mudiri vazifasida ishlamoqdalar.

  Ko’p yillar davomida o’qituvchilik qilib nafaqaga chiqqan to’ng’ich farzand sanalmish Mamlakatxon Anorqulova otasidan bir umr minnatdor. “Ustoz qachon  o’z ishidan rozi bo’ladi, quvonadi? Qachonki, shogirdlari kamolot cho’qqilariga erishsa. Bunday baxtga otamiz erishdi, biz erishyapmiz va bu saodat har bir o’qituvchiga nasib etishini tilayman”, – deydi u.

         Yana bir farzandlari Maryamxon Botirova va uning singlisi Muhayyo Mamajonova tumandagi 36-ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida boshlang’ichdan ta’limdan saboq beradilar. Ustozlari, otasi, aka-opalaridan olganlarini jondan aziz shogirdlariga berishga intiladilar va o’z kasbini jon qadar sevadilar.

         O’qituvchilar sulolasining bu vakillaridan ta’lim olgan o’quvchilar, shogirdlar esa turli fan olimpiadalarida g’olib bo’lishyapti, oliy ta’lim dargohlariga davlat granti asosida o’qishga qabul qilinyaptilar. 

         Ustozlik sharafini, qadrini baland tutgan, xalq maorifi a’lochi, salkam ellik yil umrini maktabda ta’lim sifatini yaxshilashga sarf etgan Ne’matjon ota Ergashev o’zi saboq bergan  dargohga tez‑tez borib turadi. Yosh avlod vakillari bilan bo’lgan muloqotlarda faxriy o’qituvchimiz o’g’il‑qizlarga yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar va bunga munosib bo’lishlik xususida qayta-qayta gapirishdan charchamaydi. Zamonaviy ko’rinishdagi  ta’lim maskanlarida yaxshi o’qimaslik gunoh bo’lishini ta’kidlaydi.

         Ne’matjon ota va Sharofat ayalarga 10 farzandni tarbiyalash, voyaga etkazish, barchasini oliy ma’lumotli qilish oson kechmadi. Mashaqqat kelganda sabr, baxt kelganda shukur qildilar. Mana, endi farzandlari kamolini ko’rib, 36 nabira, 25 chevaralarning bobo-buvisi bo’lib to’rda o’tiribdilar. Farzandlar o’z ota-onalari bilan haqli ravishda faxrlanadilar. Domla Ergashevni bilgan, undan ta’lim olgan va ustozni hurmat qilganlarning esa son‑sanog’i yo’q. Dorilomon kunlar uchun ustoz dilda cheksiz shukronalik bilan umrguzaronlik qilmoqda.

Sohiba ABDURAHMONOVA.

Maqola 1078 marta o'qilgan Oxirgi o'zgarish Juma, 15 Mart 2019 17:10
YUKLAB OLISH
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ