Welcome to Farg'ona don maxsulotlari OAJ   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Farg'ona don maxsulotlari OAJ Powered By GSpeech

 

"FARG'ONADONMAHSULOTLARI" AJ

 

phone 512    Ishonch telefoni

   (0-373) 244-80-10

 

Maqolalar sana bo'yicha

« Avgust 2019 »
Duy Sey Chr Pay Jum Shn Yak
      1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31  

«Biz faqat investitsiyalarni faol jalb qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hisobidan iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishga erishamiz. Iqtisodiyotdagi ijobiy natijalar esa ijtimoiy sohada to‘planib qolgan muammolarni tizimli hal etish imkonini yaratadi»

 

 

                                                                                                         SH.M.Mirziyoyev

 

 

orphus uz

Juma, 15 Mart 2019 17:40

SIZ ShUNDAY SEVASIZ O’ZBEKISTONNI

Maqolani baholang
(1 Ovoz berish)

Viloyatimiz paxta xirmonini yuksaltirishda

hissa qo’shayotgan terimchi opa-singillarimga

Terimchi singillar, gulchehra qizlar,

Barchin opajonlar  yuzlari yorug’.

Chanoqlarga tekkan barmog’ingizdan

Baraka yog’ilar xirmonga qutlug’.

 

O’ylaysiz shu yurtning  baxtu iqbolin,

Tongni uyg’otasiz paxtazorlarda.

Oppoq paxta kabi duolar bilan

Siz tinchlik so’raysiz parvardigordan.

 

Siz tinchlik so’raysiz jumla jahonga,

Tinch ko’rmoq istaysiz  yorug’ osmonni.

Tolalar qatida xumoqush misol

Ko’kka uchirasiz O’zbekistonni.

 

Bilasiz har chigit qatida nur bor,

Har tola qatida bordir saodat.

Erdan dur undirmoq, baxt ulashmoqlik

Ibodatlar ichra ulug’ ibodat.

 

Fidoyi jonlarim, elparvarlarim,

Mehringiz taftidan gullaydi g’o’za.

Ipakka aylanar ko’saklar tongda

Paxtalar ochilar yorug’ mo’’jiza.

 

Siz shunday sevasiz aziz vatanni-

Sevgingizdan elchi oppoq paxtalar.

Baxtga to’ldirmoqchun jannatmakonni

Yurakda o’stirgan nur farishtalar.

 

Siz shunday sevasiz O’zbekistonni,

Yo’lingizni poylab entikar egat.

Boshga ko’tarmoqchun tinchlikistonni

Boshga ko’tarasiz nur to’la savat.

 

Siz shunday sevasiz O’zbekistonni,

Ortingizdan chopar paykalga anhor.

Izingizdan ekar baraka, shonni,

Laylakday baxt tashlab ketadi bahor.

 

Paxta bu tinchlikdir, demakki vatan-

Misqolini asrab, asrab tolasin.

Tinchliksevar o’zbek paxtasi bilan

Bog’lab qo’yayotir dunyo yarasin.

 

Siz shunday sevasiz O’zbekistonni,

Evaziga kutmay na yorliq, unvon.

Siqim tuprog’iyu xasiga jondan

To’lamoqlik uchun hozirsiz tavon.

 

Bo’liq g’o’zalarning gul-shonasida

Ko’rayapsiz elning iqbol siyratin.

Mehrdan yaralgan ishq tolasiga

Chizayapsiz buyuk vatan suvratin.

 

Sarv qomatingiz yurt deb egilgan.

Quyosh yuzingizdan o’pib parvona.

Sizsiz dovruq-shoni bo’lmasdi doston,

Bo’lmasdi shu qadar go’zal Farg’ona.

Terimchi singillar, gulchehra qizlar,

 

Barchin opajonlar yuzlari yorug’.

Qadoq qo’lingizga she’rlarim nisor,

Ezgu mehnatingiz uchun ming qulluq

 

Enaxon SIDDIQOVA

Maqola 1092 marta o'qilgan Oxirgi o'zgarish Juma, 15 Mart 2019 17:40
YUKLAB OLISH
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ