Welcome to Farg'ona don maxsulotlari OAJ   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Farg'ona don maxsulotlari OAJ Powered By GSpeech

 

"FARG'ONADONMAHSULOTLARI" AJ

 

phone 512    Ishonch telefoni

   (0-373) 244-80-10

 

Maqolalar sana bo'yicha

« Avgust 2019 »
Duy Sey Chr Pay Jum Shn Yak
      1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31  

«Biz faqat investitsiyalarni faol jalb qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hisobidan iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishga erishamiz. Iqtisodiyotdagi ijobiy natijalar esa ijtimoiy sohada to‘planib qolgan muammolarni tizimli hal etish imkonini yaratadi»

 

 

                                                                                                         SH.M.Mirziyoyev

 

 

orphus uz

Payshanba, 25 Iyul 2019 16:57

JAHOLAT OSTONASIDAN QAYTING!

Maqolani baholang
(0 ovoz)

Ayol latofat va nazokat egasi. U eng oliy maqomona nomiga munosib.Uning  fitratida fidoyilik, oliyjanoblik, insoniylik jihatlari mujassamdir.

Oilada ayolning o’rni muhim ahamiyat kasb etadi. Bola  tarbiyasida asosiy murabbiy ona hisoblanadi.

Afsuski, keyingi paytlarda ayol, ona nomiga  dog’ tushirayotgan ayollar uchrab turibdi. Internet tarmoqlaridagi turli chorlov va nayranglarga yoki kimningdir puch va’dalariga ishonib, oila atalmish muqaddas bo’stonidan voz kechishgacha borib, o’zga ellarga chiqib ketayotgan ayollar barchamizni tashvishga soladi. Soxta aldovlar qurboniga  aylanib, chet ellarda diniy oqimlar ta’siriga tushib “hijrat” yo’liga kirganlar ularni oldinda nima kutayotganini tasavvur ham qila olmaydilar.

Umr – insoniyatga berilgan eng buyuk ne’mat sanaladi. Ana shu ne’matni poymol qilib, boshqalarning umriga zomin bo’lish ham, o’zini muqarrar o’limga  mahkum etish ham eng og’ir gunohlardan sanaladi.

O’zi tanlagan yo’li sababli  eliga begona bo’lgan, yaqinlari nafratiga uchragan  ayollarning qismati esa gohida ayanchli o’lim yoki afsus va nadomat ichra  yolg’iz qolish bilan yakunlanmoqda. Nopok kimsalar tuzog’iga tushib, yo’ldan adashgan ayollarni boshidan o’tkazgan kunlari, bajargan jirkanch ishlari uni onalik nomidan mahrum etib, jamiyatdagi qadr-qimmati yo’qotishga olib kelmoqda.

Atrofga nazar solsak, tinchlik-xotirjamlikda, oilasi ardog’ida yashayotgan  ayoldan baxtli inson yo’q. Ular nafaqat xonadoni, balki elu yurtning ham ko’rki hisoblanadi.

Ostonadan  bolakay kirib keldi. Uning qora  ko’zlari ham eng avvalo onasini qidiradi. Shu onda farzandi kelganini qalban his qilgan ona chakkasiga qadalgan  rayhoni bilan   dilbandiga peshvoz chiqib, quchoq ochadi. Tezgina yangi yopgan kulcha nonlarini ilinadi.  Bu oilada farzand insonga doimiy ehtiyoj bo’lgan mehr-muhabbat qurshovida voyaga etadi.

Afsuski, uzoqlarda buzg’unchi kimsalarga aralashib, jangari qotillarga sherik bo’lib, iffat hayosini unutgan, el ichida  isnod-u, malomatga qolgan onaning farzandi esa qalban kemtik, hayotda alamzada, loaqal farzandini o’ylamagan onasini la’natlab katta bo’ladi.

Bugun jaholat ostonasiga qadam qo’yishga shaylangan ayol! Sizning izzatingiz oilangiz bag’rida, jannatmakon yurtingizda. Sizga “oliy mukofot” va’da qilib,  ruhiy ta’sir o’tkazayotgan kimsalar o’sha ertaga munchoq ko’zli farzandingiz nazdidagi buyuk inson – “ona” degan nomdan mosuvo qiladi. Ko’zingizni oching, atrofga teran nigoh bilan boqing hoziroq yo’ldan qayting. O’z nomingizga munosib bo’ling! Zero jannat ham onalar oyog’i ostida deyiladi.

Maqola 754 marta o'qilgan Oxirgi o'zgarish Juma, 26 Iyul 2019 10:53
YUKLAB OLISH
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ