Aksiadorlik jamiyat tarixi

Farg’ona un zavodi 1910-yilda tashkil topgan bo’lib,rus savdogari Yurovtomonidan Skobelev (hozirgi Farg’ona) shaxarining g’arbiy qismida sutkasiga 40 tonna un ishlab chiqaradigan tegirmon qurdiradi,dastlab tegirmon 2 ta valtsovo’y stanok, 2 ta elak va 2 ta separatordan tashkil topadi.

1959-yilda ushbu tegirmon qayta ta’mirlanib sutkasiga 120 tonna, birinchi va ikkinchi navli un ishlab chiqaradigan bo’lgan, 1959 yilda O’zbekiston Respublikasida birinchi bo’lib sutkasiga 25 tonna omixta em ishlab chiqaridigan tsex qurib ishga tushirilgan.Hozirda tsex sutkasiga 80 tonna omixta em ishlab chiqarmokda.

1963-yilda kombinatda sutkasiga 120 tonnabirinchi va ikkinchi  navli un ishlab chiqaradigan 2-tegirmon,1969-1973-yillar davomida korxonada 57ming tonna don saqlanadigan elevator qurilib ishga tushirilgan,Farg’ona donmahsulotlari korxona jamoasining izlanishlari natijasida ishlab chiqarish mexanizmlarining yanada yaxshi ishlashi va ishlab chiqarishni ko’tarish bo’yicha bir qator o’zgarishlar qilingan.

1973-yilda jamoa kuchi bilan omixta em ishlab chiqarish tsexida mahsulotni temir bunkerlardan to’g’ri vagonga ortish moslamalari, elevatordan bug’doynito’g’ri 2-tegirmonga uzatish mexanizmlari,1981-yilda sutkasiga 250 tonna,oliy, birinchi, ikkinchi navli un ishlab chiqaradigan 3-tegirmon qurilib ishga tushirildi.

Jamiyatda ishlab chiqarishni to’la ta’minlaydigan yordamchi bir nechta tsexlarva bo’limlar mavjud bo’lib, bularga mexanika va elektro tsexlar, material ombori, laboratoriya, transport, informatson texnologiyalar, bo’limidir.

1975-yilda Farg’ona melkombinati,“Farg’ona don mahsulotlari”kombinatiga aylantirildi.

1988-yilda O’zbekiston don mahsulotlariVazirligining 12-sentyabrdagi318-sonli qaroriga asosan Farg’ona don mahsulotlari kombinati «Farg’onadonmahsulotlari»xududiy birlashmasining bosh korxonasi deb yuritildi.

1994-yilda avgust oyida jamoaning umumiy yig’ilishining qaroriga asosan «Farg’onadonmahsulotlari» ishlab chikaruvchilarning aktsiyadorlik uyushmasining bosh korxonasiga aylantirildi.

2004-yil 6 avgust  kuni O’zbekiston Respublikasi VazirlarMahkamasining376-sonli qarori bilan «O’zdonmahsulot» davlat aktsiyadorlikkorporatsiyasini «O’zdonmahsulot» aktsiyadorlik kompaniyasiga aylantirish to’g’risida»giqaroriga binoan «Farg’onadonmahsulotlari» ochik aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirilgan.

2014-yil 15 oktyabr kuni  Farg’ona shaxar hokimligining 121-sonli qaroriga asosan «Farg’onadonmahsulotlari» aktsiyadorlik jamiyati deb yuritilib kelinmoqda.

Hozirgi kunda jamiyat tarkibida «Marg’ilon don» filiali, Farg’ona don qabul qilish va Yozyovon don qabul qilish shaxobchalari viloyatning Farg’ona, Qo’shtepa, Yozyovon va Toshloq tumanlari hamda Farg’ona shaxrida etishtiriladigan bug’doy donini qabul qiladi.

2004-yilda korxonamizning 3-tegirmoni qayta ta’mirlanib Hveytsariyani «Byuller»texnologiyasiasosida,Rossiya davlatida tayyorlangan zamonaviy texnologik dastgohlari bilan qayta jihozlangan. Tegirmon sutkasiga 250 tonna bug’doy donini qayta ishlab chiqarishga mo’jallangan.

Tegirmon kayta ta’mirlangandan so’ng, ishlab chiqarilayotgan un mahsulotlarining sifati yaxshilandi. Hozirgi kunda tegirmonda oliy, birinchi, ikkinchi navli unlar ishlab chiqarilmoqda.

2011-yilda «Marg’ilon don» filiali va Farg’ona don qabul qilish shaxobchalaridagi urug’chilik tsexlari qayta  Germaniyaning “Petkus” uskunalari bilan jihozlandi va bugungi kunda sifatli bir qator avlod va navdagi urug’lik bug’doy ishlab chikarilmokda. Bugungi kundajamiyatda ishlab chiqarilgan urug’lik bo’g’doy Farg’ona viloyati hokimligining  urug’lik donini tarqatish dislokatsiyasiga asosan, Farg’ona viloyati va shaxridagi fermer xo’jaliklariga urug’lik tarqatish mavsumida tarqatib kelinmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 15-dekabrdagi PQ-1442-sonli va 2011-yil 27-dekabrdagi PQ-1668-sonli qarorlariga asosan, omixta em sifatini yanada oshirish maqsadida granullangan omixta emni ishlab chiqarish xamda baliqchilik, parrandachilik va chorvachilik uchun sifatli granullangan em ishlab chiqarish maqsadida, jamiyatimiz xududidagi 1-tegirmon binosini qayta texnik jixozlanib, yangi sutkasiga 150 tonna granullangan omixta em ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan tsex mavjud.

Hozirgi kunda jamiyat boshqaruvi ta’sischiligida Farg’ona shahar Bozor yo’li ko’chasi 46 uyda joylashgan “Farg’ona don non” MChJ, Barkamol MFY, Yangi asr ko’chasida joylashgan “Qirguli issiq nonlari” MChJ,Marg’ilon shahar Hiyobon ko’chasi 6 uyda joylashgan “Marg’ilon issiq nonlari” MChJva Turkiston ko’cha237 uyda joylashgan “Lazzatli patir nonlari” MChJlari non, makaron, qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish tsexlari foaliyat ko’rsatib kelmoqda.

Jamiyatda 2013 yilda Farg’ona shahar Al-Farg’oniy 93 va 2014 yilda Farg’ona shahar Sanoatchilar ko’chasida joylashgan Farg’ona shahar dehqon bozori hududida Germaniyaning “WACHTEL” kompaniyasi texnologiyalari bilan jihozlangan yangi non tsexlari qurib ishga tushirilgan.

Bugungi kunda ushbu non, makaron, qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish tsexlari Farg’ona, Marg’ilon shahar hamda Qirguli mavzesi aholisini non va non mahsulotlariga bo’lgan talabini to’la qondirib kelmoqda.

Korxonaning umumiy er maydoni 7,5 gektarni tashkil etadi.

Hozirgi kunda jamiyatda umumiy ishchi-xodimlar soni 463 nafardan iborat.