Yangi tejamkor va samarali

Yangi tejamkor va samarali

2019 yilgi Investitsiya, mahalliylashtirish va hududiy dasturlar doirasida «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tizim korxonalari tomonidan bir qancha istiqbolli loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu loyihalarlarning barchasi yurtimizda ishlab chiqarish va sanoat sohasi rivojiga hissa qo‘shishga asoslangan bo‘lib, asosiy maqsad esa xalqimizning un va un mahsulotlari bilan o‘z vaqtida, uzluksiz ta’minlashdan iborat.
Ayni shu maqsadda joriy yilda «Farg‘onadonmahsulotlari» AJda kunlik 240 tonna bug‘doyni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan tegirmon sexining modernizatsiya loyihasi ham Ukraina va Rossiya davlatining yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda ishga tushirildi. Mazkur loyiha yordamida yiliga 54 ming tonna un mahsulotlari ishlab chiqarilish imkoni mavjud va loyiha doirasida korxonada yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Hisob-kitoblarga qaraganda loyihaning amalga oshirilishi hisobiga korxonada elektr energiya tejamkorligi 20-25 foizni tashkil etmoqda. Bundan tashqari mahsulot sifati oshib, ishchi-xodimlarning mehnat sharoitlari yaxshilandi, sanoat xavfsizligi ta’minlandi.
«O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan olib borilayotgan bu kabi islohotlar g‘allakor dehqonlarimiz tomonidan yetishtirilgan bug‘doyni qayta ishlab xalqmizni sifati kafolatlangan mahalliy un va un mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan